Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm qo‘mitasida xalqaro tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish bo‘yicha jahon tajribasi muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasida xalqaro tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish bo‘yicha jahon tajribasi muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasida tog‘-chang‘i kurortlarini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda yetakchi mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev kirish so‘zi bilan ochdi. U mamlakatda turizmni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish uchun tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

«Societe de Trois Vallees SA» kompaniyasi prezidenti Paskal De Tersan (Fransiya) jahon darajasidagi kurortlarni yaratish bo‘yicha amaliyot va innovatsiyalar haqida so‘zlab, Fransiyadagi Kurshevel kabi muvaffaqiyatli loyihalarni misol keltirdi.

Davra suhbatining muhim qismi O‘zbekistonning turli hududlarida tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish va rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar bo‘ldi. Ishtirokchilar O‘zbekistondagi tog‘-chang‘i kurortlarining joriy loyihalari, shuningdek, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish rejalari haqida gapirdilar. Ular investitsiyalarni jalb qilish va dam oluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan asosiy tashabbuslarga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbir yakunida B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv doirasida ishtirokchilar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, tajriba almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring