Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyatida «Tersak» turizm qishlog‘i ochildi

Samarqand viloyatida «Tersak» turizm qishlog‘i ochildi

Samarqand viloyatining Urgut tumani Tersak qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi.

Tersak qishlog‘ida o‘tkazilgan tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Urgut tumani hokimi Botir Jabborov, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tersak qishlog‘i zamonaviy infratuzilma va mahalliy madaniyat uyg‘unligini mujassam etgan holda, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qiziqarli manzilga aylanishi kutilmoqda. Qishloqda sayyohlar uchun turar joylar, milliy taomlar taqdim etiladigan oshxonalar tashkil etilgan.

Tadbir davomida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlarga ularning mehnatini qadrlash, sohadagi rivojlanishga qo‘shgan hissasini e’tirof etish maqsadida sertifikatlar topshirildi.

Mazkur turizm qishlog‘ining ochilishi Urgut tumani hamda viloyat turizm salohiyatini yanada oshirishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring