«Obod qishloq» va «Obod mahalla» ham ovozlar yordamida saralanadi
Nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar to‘plami mahallalar (qishloqlar) bo‘yicha shakllantiriladi va g‘olib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.
Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar massivlarini bapro etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomilllashtirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.
2021-yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha tub burilish yili bo‘ladimi?
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari Prezident farmoni bilan 2018-yilda qabul qilingan. Ushbu dasturlarning ijrosi ham qishloq, ham shaharlar aholisi yashash darajasining o‘sishida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Prezident qarori e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev: «Bunaqa imkoniyat O‘zbekiston tarixida bo‘lmagan. Lekin...»
Qishloq va mahallalarni obod qilish bo‘yicha ishlar belgilab olindi.
Davlat qurgan yo‘l atrofiga daraxt ekish mahalla zimmasiga yuklatiladi
Bundan buyon, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ochilboy Ramatov yirik loyihaga javobgar etib belgilandi
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Yig‘ilish davomida ma’lum qilinishicha, bundan buyon loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilish ishlarini boshlash man etiladi.
Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi — Prezident
Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari mahallalaridagi haqiqiy holat buning aksi ekanini ko‘rsatdi. Shu sababli, Farg‘ona va Namangan shaharlarining 4 ta sektor rahbari ishdan olindi. Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi. O‘zgarish bo‘lmasa, ularga ham chora ko‘riladi.
«Boshpana», tashqi qarz, investitsiya va 3 milliard dollar — Prezident bir qator masalalarga aniqlik kiritdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi uchun bir necha milliard dollar ajratmoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lum qilib o‘tdi.
Andijon. Qurilishdagi «qirilishlar». Yoki o‘rtada «begona» yo‘q
Og‘riqli jihatlarning asosiy omili tizimning ochiq va shaffof emasligida. Mazkur satrlar orqali jamoatchilikka havola etilayotgan muammoning ildizi ham ayni shu masalaga tutash.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha nimalar qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
«Obod qishloq» dasturi mablag‘larini talon-taroj qilgan rahbarlarga jazo tayinlandi
Farg‘onada budjet va «Obod qishloq» dasturi uchun ajratilgan katta miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilgan yo‘l korxonasi rahbarlariga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.
«O‘zbektelekom» AK: Obod qishloqlar, zamonaviy texnologiyalar va sifatli xizmatlar
«O‘zbektelekom» AK tomonidan O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami 478 ta qishloq aholi punkti, mahalla va qishloqda telekommunikatsiya infratuzilmalari takomillashtirilmoqda.
Video: Samarqandda quyun «Obod qishloq» uylari tomlarini uchirib ketdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani To‘ron MFY hududidagi «Obod qishloq» dasturi doirasida ta’mirlangan uylar tomini quyun uchirib yubordi. Hodisa bugun, 16-avgust kuni sodir bo‘lgan.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston loyihalarini moliyalashtiradi
Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Suv, elektr, tabiiy gaz — «Paxtakor» obod qilinmoqda (foto)
Jizzax viloyatining Paxtakor tumani 1967 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda aholi soni 72 ming 800 nafarni tashkil etadi. Asosiy infratuzilma ob’yektlari barpo etilgan vaqt Jizzax cho‘llarini o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri keladi.
«Obod qishloq»mi yoki «barbod qishloq». Chiyalida chaqaloqlar tug‘ilishi mumkin emasmi?
Gulbahor opa dardini yorib qo‘ydi-yu, ammo bu haqda hech kimga oshkor etmasligimni iltimos qildi. Chunki o‘zi bu masalada ko‘p joylarga murojaat qilganligi bois, unga nisbatan tahdidlar boshlangan ekan...
«Kambag‘alni urma, so‘kma...» yoxud shudgordagi quyruq
Burhon Shukurov va xotini: «qarorni hokim chiqargan bo‘lsa, hokim kelsin, qani u bizning yerimizni sizlarga qanday qilib berib yuborar ekan», deydi. Bundan natija chiqmagach, Shukurovning xotini o‘zimga olov qo‘yaman, deya baqirishgacha boradi. Jondan o‘tkazib yurishdi-da, axir?!
Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» dasturini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezident mirzacho‘llik oila xonadonida mehmon bo‘ldi
Prezidentimiz mazkur mahallaning Barakat ko‘chasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida ham bo‘ldi. Xonadon egalari mirzacho‘lliklarning obod joylarda yashashi va ishlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Chinozda «Tong yulduzi» porladi (foto)
Chinoz tumanidagi «Tong yulduzi» mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zgacha qiyofa kasb etdi. «Obod qishloq» dasturi doirasida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarildi.
Qashqadaryolik san’atkor konsertidan tushgan pulni «Obod qishloq» dasturiga yo‘naltirdi
Xonanda Umriuzoq Quvvatov o‘tkazib bergan mablag‘ Mirishkor tumanidagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga sarflanadi.
«Obod qishloq» rejasini kim barbod qilmoqda?
Namangan viloyatidagi 11 tumandan «Obod qishloq» dasturiga 22 ta mahalla kiritilgan. Mazkur mahallalarda o‘n sakkiz yarim ming xonadonda yuz mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Ular ertaga hayoti nurafshonroq va go‘zalroq, mahallalari obod va ko‘rkam bo‘lishini istashadi, ammo...
Soliq inspeksiyasi nogiron va yordamga muhtojlarga ko‘mak berdi
Shu kunlarda Toshkent shahrining barcha tuman va mahallarida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Bu xayrli ishlarga Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Obod bo‘layotgan Jom: ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasi muammolari bartaraf etildi (foto)
Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qishloq aholisini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 11 ta yangi transformator, 1060 dona temir-beton ustun o‘rnatildi, 41 km. uzunlikdagi havo tarmog‘i tortildi.
Gagarinda arzonlashtirilgan 400 ta namunali uy qurilyapti (foto)
«Obod qishloq» dasturi doirasida Jizzax viloyatidagi Gagarin shaharchasida kam ta’minlangan oilalar uchun 400 ta namunali 4 sotixli arzonlashtirilgan uylar barpo etilishi jadallik bilan olib borilmoqda.
«Obod qishloq»dan «Obod mahalla»ga navbat keldi
Ammo bu holatni yaxshilash mumkinligi va bu masala bo‘yicha ish olib borilayotganini ta’kidlar ekan, vazir «30 ta shaharda xuddi 5 yillik «Obod qishloq» dasturiga o‘xshash «Obod mahalla» dasturi ishga tushganini ta’kidladi. Qiymati 12-13 trillionni tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev: «Qishloqlarni obod qilsak, xalqning kayfiyati o‘zgaradi, ularda intilish paydo bo‘ladi»
Qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari kompleks yondashuvlar asosida olib borilmagani oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi eskicha ko‘rinishda qolgan edi. Ba’zi joylarda uylar tartibsiz qurilib, infratuzilma ob’yektlari qarovsiz ahvolga kelgandi.
Toshkent viloyatida «Obod qishloq» mablag‘i talon-toroj qilindi
Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanidagi «Kushek» qishlog‘i «Obod qishloq» dasturi doirasida olib borilgan ishlar vaqtida mablag‘ talon-taroj qilingan. Bu haqda Quyichirchiq tuman departament bo‘limi boshlig‘i Mirzoqul Yuldashev xabar berib o‘tdi.