Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gagarinda arzonlashtirilgan 400 ta namunali uy qurilyapti (foto)

Gagarinda arzonlashtirilgan 400 ta namunali uy qurilyapti (foto)

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

2018-yil 29-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 1 apreldan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturi amalga oshirilishi belgilangan edi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

«Obod qishloq» dasturi doirasida Jizzax viloyatidagi Gagarin shaharchasida kam ta’minlangan oilalar uchun 400 ta namunali 4 sotixli arzonlashtirilgan uylar barpo etilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot
Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring