Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda kichik quvvatli AES loyihasi doirasida dastlabki qurilish ishlari boshlandi

Jizzaxda kichik quvvatli AES loyihasi doirasida dastlabki qurilish ishlari boshlandi

Kecha, 15-aprel kuni Jizzax tumanida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasida qurilish-mantaj bazasi qurilishi boshlandi.

Rossiya texnologiyalari asosida qurilayotgan ushbu stansiya RITM-200N reaktoriga ega bo‘ladi. Qurilish-montaj bazasi energobloklar qurilishi davrida muhim infratuzilma elementi bo‘lib, ma’muriy binolar, ishlab chiqarish xonalari, omborlar va yirik yig‘ma korxonalari uchun maydonlar bilan ta’minlaydi.

«Biz ushbu loyiha jamiyat uchun yuqori darajada ochiqlik va xabardorlikni oshirish uchun xizmat qiladi, deb ishonamiz. Bu esa barcha tomonlar uchun ishonch va hamkorlikni mustahkamlaydi. RITM-200N reaktoriga ega kichik quvvatli atom stansiyasi sinovdan o‘tgan texnologiyalar va avariyasiz ishlash tajribasiga asoslanib, ekologik toza energiyaning ishonchli manbai bo‘ladi. Ixchamligi, yuqori xavfsizlik darajasi va samaradorligi RITM-200N ni mintaqa energetikasini barqaror rivojlantirish uchun ideal yechimga aylantiradi», – dedi AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari Otabek Amanov.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 27-mayda imzolangan shartnoma Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MVt bo‘lgan, har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktordan iborat KQAES qurilishini nazarda tutadi. Bosh pudratchi sifatida «Atomstroyeksport» AJ (Rosatomning Injenerlik divizioni) ishtirok etadi, ishlar esa mahalliy kompaniyalar jalb qilinishi orqali amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring