Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» ham ovozlar yordamida saralanadi

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» ham ovozlar yordamida saralanadi

Hukumat qarori (183–son, 03.05.2023-y.) bilan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar to‘plami mahallalar (qishloqlar) bo‘yicha shakllantiriladi va g‘olib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.

Dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023-yil uchun, istisno tariqasida, 2023- yil may oyida) o‘tkaziladi.

Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqichda – portalda loyihalar to‘plami shakllantiriladi;
2-bosqichda – shakllantirilgan loyihalar to‘plami saralab olinadi;
3-bosqichda – saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar to‘plamlariga ovoz beriladi.

G‘olib mahallalar (qishloqlar) ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval keng jamoatchilikka e’lon qilingan holda quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi:

- loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib;
-aholisi soni kam bo‘lgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan holda loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra har bir tuman (shahar) uchun jamg‘armada shakllantirilgan mablag‘lar doirasida eng yuqori ko‘rsatkichni egallagan loyihalar to‘plami g‘olib deb topiladi.

Bunda loyihalar to‘plami g‘olib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz to‘plashi lozim.

Ovoz berish yakunlangandan so‘ng 3 kunda g‘olib deb topilgan loyihalar to‘plamini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantiriladi hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi.

Tuman (shahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uchun manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi.

Har yil yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar rag‘batlantirib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring