Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha nimalar qilinadi?

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha nimalar qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, joriy yil mamlakatimizning 160 tumanidagi 268 ta qishloq hamda 30 ta shahar va Toshkent shahrining 11 ta tumanlaridagi 80 ta mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarilishi belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha jami 1509 km, «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha jami 176 km bo‘lgan mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar)ni ta’mirlash amalga oshiriladi.

Shuningdek, dasturga kiritilgan qishloqlarda 23 411 dona, mahallalarda 5806 ta tungi ko‘cha yoritish ustunlari o‘rnatiladi.

Qayd etilishicha, dasturlar doirasida aholiga transport xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, suv, elektr va gaz ta’minoti tizimini yaxshilash, yakka tartibdagi va ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash, obodonlashtirish, shu bilan birga ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya ishlari ham ko‘zda tutilgan.

Dasturlarga kiritilgan hududlar ro‘yxati, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring