Ochilboy Ramatov yirik loyihaga javobgar etib belgilandi
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Yig‘ilish davomida ma’lum qilinishicha, bundan buyon loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilish ishlarini boshlash man etiladi.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda 11 trillion so‘mlik ipoteka dasturlari ijrosini ta’minlash va jami 30 trillion so‘mlik loyihalarni yakuniga yetkazishga bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov javobgar etib belgilandi.
Sektor rahbarlari belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etib, yagona onlayn tizimga ma’lumotlarni kunlik kiritib boradi va har oylik holat bo‘yicha mahalliy kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali aholiga hisobot beradi.
Respublika va mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar manzilli, talon-taroj qilmasdan samarali ishlatilishi prokuratura tomonidan nazorat etiladi.
Endi budjet mablag‘i talon-taroj bo‘lsa, mutasaddilar qatorida, prokurorlar ham javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter