Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston loyihalarini moliyalashtiradi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston loyihalarini moliyalashtiradi

Foto: «Investir»

Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (428-son, 23.05.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Harakatlar rejasi doirasida «Obod qishloq» dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Memorandum imzolanadi.

Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.

2019–2021-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan ko‘proq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, «Bishkek–Dushanbe–Termiz» avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari 12 ta loyiha amalga oshiriladi, mazkur loyihalarning qiymati 1 mlrd dollardan ko‘proq.

O‘zbekistonda neyroxirurgiya xizmatini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ushbu loyihalar qatoridan joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring