ITB Surxondaryoda quriladigan elektr stansiya uchun 100 mln yevro ajratadi
Bosh qarorgohi Saudiya Arabistonida joylashgan Islom taraqqiyot banki (ITB) ijrochi direktorlar kengashi unga a’zo to‘qqizta davlatda turli sektorlarni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 1,12 milliard dollar hamda oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, shaharsozlik, ta’lim, suv va sanitariya kabi muhim tarmoqlardagi bir qator boshqa loyihalar uchun 1,79 million dollarlik grantni ma’qulladi.
BAAning WAM davlat axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, bank boshqaruvi O‘zbekiston uchun ham davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi doirasidagi loyihalarni ma’qullagan.
Jumladan, O‘zbekiston uchun Surxondaryo viloyatida 100 million yevrolik kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi mamlakatning energiya iste’moliga ortib borayotgan talabini qondirish hamda eskirgan va samarasiz gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining o‘rnini bosishga qaratilgan.
Shuningdek, Bank O‘zbekistonda transport loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirish doirasida jami 106,7 million dollar mablag‘ ajratishni tasdiqladi.
Ushbu loyihaning mamlakatda soha infratuzilmasini yaxshilashi, fermerlar va savdogarlar uchun bozorlarga kirishni osonlashtirishi hamda a’zo mamlakatlar uchun mintaqaviy integratsiya va turizmni kuchaytirishi kutilmoqda.
ITB, shuningdek, Uganda, Indoneziya, Iordaniya, Gayana, Yaman, Zambiya, Hindiston va Bosniya kabi a’zo davlatlari uchun ham turli maqsadlarda grant paketlarini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter