Vafo al-Busaidiy: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
O‘mon sultonligi muloqot, bag‘rikenglik kuchiga ishonadi va global miqyosda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga harakat qiladi.
O‘zbekiston elchisi «Tolibon»ga ishonch yorliqlarini topshirdi
Bu haqda «Tolibon» Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichida yuqori natijalarni qayd etdi
Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda barcha dasturlar o‘zbekistonlik sportchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekistonda YouTube platformasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov YouTube platformasi hamkori, IT-mahsulotlar va xizmatlarni yaratish bo‘yicha bozor yetakchilaridan biri bo‘lgan Kanadaning «AIR Media Tech» kompaniyasi rahbari Stepan Mixaylov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Qatarda alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Jamoamiz so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muhim forum o‘tkazildi
Tadbirda so‘zga chiqqan Otabek Mahkamov global loyihalarni amalga oshirishda xitoylik hamkorlarning roli beqiyos bo‘lganini alohida qayd etib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond bosh direktori bilan uchrashdi
Boku shahrida o‘tkazilayotgan COP29 tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond (GEF) bosh direktori va raisi Karlos Rodriges bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Eron bozori O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga qiziqish bildiryapti – Muhammadali Iskandariy
Kecha, 12-noyabr kuni Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida «yashil» energiyani rivojlantirishga doir bitim imzolandi
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini ta’kidladi.
Шавкат Мирзиёев выразил готовность предоставить палестинским детям и женщинам лечение в клиниках Узбекистана
Отмечено, что палестинский народ, имеющий древнюю и богатую историю, обладает полным правом на создание независимого и свободного государства со столицей в Восточном Иерусалиме в рамках границ 1967 года.
Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
13-noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublikaning katta qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 9,4 mlrd dollarga yetdi
2023-yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlarning umumiy nominal YaIM dunyoning 1,7 foizini (taxminan 1,8 trln doll.), xarid qilish qobiliyati paritetiga bo‘yicha esa dunyoning 3,1 foizini (taxminan 5,7 trln doll.) tashkil etdi.
O‘zbekistonlik teatr ustalari Eronda o‘tayotgan xalqaro teatr festivalida qatnashdi
«Choyxona musica» spektakli prodyuseri o‘zbekistonlik Tavakkal Sultonov Eronning Hamadon shahrida bo‘lib o‘tayotgan 29-Xalqaro bolalar va o‘smirlar teatr festivalida ishtirok etyapti.
«Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda» – Ursula fon der Lyayen
Co‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bir-biriga misli ko‘rilmagan darajada yaqinlashdi. Bu haqda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen 6 noyabr kuni «O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari» biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida gapirdi.
Jazoir elchisi: Hamkorligimizni kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud
Toshkentda Jazoir inqilobining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Xorijiy davlatlar diplomatlari, O‘zbekiston siyosat, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari qatnashgan anjumanda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Irqiy nutq so‘zladi.
O‘zbekiston World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi.
Chegarada o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan: aybdorni Qozog‘iston politsiyasi qidiryapti
Joriy yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi (Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Sariyog‘och tumani) «S.Najimov – Kazigurt» nazorat-o‘tkazish punktida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklangan. Transport vazirligi mazkur holat bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borilganini ma’lum qildi.
Prezident Mirziyoyev TDT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka boradi – OAV
Bishkek joriy yil 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida ishtirok etish uchun davlat rahbarlarini kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda.
AQSh O‘zbekistonning JSTga kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Bu haqda Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov o‘zining Linkedin tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zbekiston eksportida yangi bozorlar haqida ma’lumot berildi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tadqiqoti natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lib, qayd etilgan mamlakatlarga eksportni doimiy ravishda yo‘lga qo‘yish mazkur hududlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Prezident Mirziyoyev RF Hukumati raisi o‘rinbosarini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Istanbul – Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Anqaraga qo‘ndirildi
Jadvalga muvofiq Istanbuldan Toshkentga parvoz qilgan HY282 reysi Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi ish boshladi
28-oktyabr, dushanba kuni O‘zbekistonning yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher To‘xtayev Islomobod shahridagi «Ayvan-ye-Sadr» saroyida Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardariga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bugun O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Xabar.uz muxbiri Qashqadaryo viloyatidagi uchastkalardan birida bo‘lib, jarayonni kuzatdi.
Qozog‘istonga borayotgan fuqarolar ogohlantirildi
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
O‘zbekistonda aholi to‘qqiz oyda yarim milliondan oshiqqa ko‘paydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.
13 mamlakatga BRIKS sherik-davlatlari maqomi berildi (ro‘yxat)
Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Turkiyadagi o‘zbekistonliklardan hushyorlikni oshirish so‘raldi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamyurtlarimizni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti doirasida Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga kelyapti
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 28-29 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida maxsus savdo zonasini tashkil etish taklif qilindi
Joriy yil 22-oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlarining qo‘shma hududlararo forumida Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.
Germaniya O‘zbekistonga grant mablag‘lari ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning joriy yil 14-15 oktyabr kunlari Berlindagi muzokaralari yakunida shunga doir kelishuvlarga erishilgan.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi
14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan suv-energetika tizimi ish rejimi borasida kelishib oldi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yangi haftadan xorijiy valyutalar oshadi
Markaziy bank 14-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
O‘zbekiston Eronga qarshi o‘yinda nursiz durang qayd etdi
Toshkentdagi «Milliy» stadionida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi. O‘yin JCh-2026 saralash bosqichi doirasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Eron o‘yiniga jamoat transportida kelish so‘raldi
Bugun, 10 oktyabr kuni soat 19.00 da O‘zbekiston va Eron terma jamoalari futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashishadi.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi 41 mlrd dollardan oshdi
Zaxiralarning valyuta qismi 518,3 mln dollarga ko‘paygan va 8 mlrd 709,6 mln.dollarni tashkil etgan.
O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi
Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit ajratadi
Qayd etilishicha, ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan.
USAID O‘zbekistonda navbatdagi loyihani yakunladi. Natija qanday?
3 oktyabr kuni Toshkentda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistonda Huquqiy islohotlar dasturi yakuniga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Dollar va yevro arzonlashadi
Markaziy bank 4-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
O‘zbekiston va Qatar yaqin orada mehnat migratsiyasiga doir hamkorlik shartnomasini imzolamoqchi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning «Jusour» bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanligini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidlagan.
Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytiradi
Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va universitetlararo aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aviaqatnovlar keskin oshishi mumkin
O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda
«Shunday vaziyatda bu sportchilar Rossiyadan ketishayotganidan afsusdaman. Ularni tushunmayman, ammo tanqid ham qilmayman. Ular ham Olimpiadada qatnashishni istaydi», — dedi Jurova.
Yil boshidan buyon qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan – statistika
2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida qariyb 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ispaniya O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishga qiziqmoqda
Ispaniyaning «Barcelona Medical Destination» markazi mutaxassislardan iborat delegatsiya amaliy safar bilan O‘zbekistonga keldi.
So‘m dollarga nisbatan mustahkamlanyapti
Markaziy bank 30-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘rnatilgan ittifoq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 24 sentyabr kuni Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ichki ishlarga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim – O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etib ayni paytda AQShda bo‘lib turibdi.
Bolalarga qarshi jinoyati uchun qidiruvga berilgan RF Bolalar ombudsmani o‘zbekistonlik o‘quvchining himoyasiga otlandi
2023-yilning 17-martida Xalqaro jinoiy sud Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiya hududiga noqonuniy ko‘chirib o‘tkazishda aloqadorligi sabab hibsga olishga order berilgan RF Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova Toshkent shahri Chilonzor tumani 188-maktabda o‘qituvchisidan kaltak yegan bolaning himoyasiga otlandi.
Jamiyat islohotlari mamlakat taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi
Keyingi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, ahamiyati hamda ijtimoiy faolligi oshib bormoqda.
Toshkentda Saudiya Arabistoni milliy kuni nishonlandi
Tantanali marosimda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa vazirlik hamda elchixonalar vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida ikki davlat madhiyalari yangradi. So‘ngra elchi Yusuf Salah Al Gahrah Al Otaibi Saudiya Arabistoni Podshohligining tashkil topishi, ushbu mamlakat va O‘zbekiston hamkorligining muhim nuqtalari haqida batafsil so‘z yuritdi.
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon media forumi ish boshladi. Mavzu – dezinformatsiyaga qarshi kurash
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon media forumi o‘z ishini boshladi.
Dollar kursi biroz oshdi, rubl tushmoqda
Markaziy bank 25-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
Butunjahon olimpiadasida sovrinli o‘rin olgan shaxmatchilarga avtomobil sovg‘a qilindi
Bugun, 24 sentyabr kuni Toshkent shahridagi xalqaro aeroportda 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali tarzda kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i va mash’alasi O‘zbekistonga topshirildi
FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog‘i hamda mash’alasini O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirgan.