Yunusoboddagi maktab o‘qituvchilari o‘z xohishlari bilan ishga chiqqan – Boshqarma
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirish berdi.
Ovozli xabar tarqatgan rais jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi bo‘yicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Talabalariga uyini tozalatgan professor ishdan haydaldi
Chjen talabalarni muntazam tahqirlab kelgan
Xorazmda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilindimi?
Kecha, 1-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan video tarqatildi.
Qashqadaryoda direktor o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgani aniqlandi
direktor o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilishdan tashqari ulardan ta’mirlash ishlari uchun 50 ming so‘mdan pul yig‘dirib olgan.
Samarqandda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan maktab direktori ishdan olindi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi.
Andijonda tunda ishga chiqarilgan obodonlashtirish xodimi ishi o‘rganildi. U YTHda halok bo‘lgandi
Bir muddat oldin joriy yilning 25-aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan o‘tuvchi Marhamat-Quva avtomobil qatnov yo‘liga kechki soat 22:30 larda majburiy mehnatga jalb qilingan tuman obodonlashtirish boshqarmasining ikki nafar xodimini mashina urib yuborilgani va YTH natijasida ulardan birining vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Prezident majburiy mehnatga oid muhim qonunni imzoladi
Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi.
Saida Mirziyoyeva: «Ta’lim sohasi uchun katta voqelik bo‘ladi»
Senat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
O‘qituvchilarni mehnatga majburlov uchun javobgarlik belgilanmoqda – huquqshunos
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik holatlari uchun javobgarlik kiritilmoqda.
Bolalar endi bizga o‘xshab paxta termaydi
«Eshmatov, sen 38 so‘m 15 tiyin ishlading, Toshmatov sen 18 so‘m...» O‘qituvchi bir-bir familiyamizni aytib qancha haq olishimiz kerakligini aytadi. Bizga uch oylik sog‘inchu firoqlarimiz, uch oylik azobu uqubatlarimiz uchun beriladigan arzimagan chaqa muhim emas edi. Aslida o‘sha paytlari bizga to‘langan haq arziydigan yoki arzimaydigan pul ekanligining ham farqiga bormaganmiz.
Sardor Umrzoqov: «Endi pul yig‘ish avjiga chiqyapti ekan»
Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.
Senat majburiy mehnat yuzasidan murojaat e’lon qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda.
«Bu Prezidentimiz siyosatiga mutlaqo zid holat» — Senat raisi
5 holatda tuman, shahar hokimliklari mutaxassislari aralashuvi bilan majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan.
Yunusobodda bog‘cha mudiralari ko‘cha tozalashga chiqarilgani aytilmoqda
Bugun, 27 noyabr kuni Yunusobod tuman bog‘cha mudiralari va xodimlari tuman hokimligi tomonidan majburan ertalab 7:30 ga chaqirilgan.
Bayram kunlari xodimlarini ishlashga majburlagan mutasaddilar jazolandi
Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
O‘zbekistonda majburiy mehnat ko‘proq qaysi sohalarda uchrayotgani aytildi
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari o‘t yulishga olib chiqilgani aytilmoqda
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari kechki navbatchilikdan so‘ng majburiy hasharga olib chiqilgani aytilmoqda.
Tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni ishlashga majburlagan mansabdor shaxslarga chora ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
«Bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari paxta terimi bilan bog‘liq majburiy mehnatga barham berish qarori haqida gapirib o‘tdi.
Yangi qonun imzolandi
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Mamlakatimizda voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Paxtaga majburiy jalb etilganlar aniqlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, respublikaning 86 ta hududida 190 dan ziyod monitoringlar hamda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada, majburiy mehnatdan aziyat chekkan 320 dan ortiq fuqarolar aniqlanib, 10 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Qanday ishlar majburiy mehnat hisoblanmaydi?
Qonunchilikda majburiy mehnat – biror-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi.
Paxta terimidagi majburiy mehnat bo‘yicha «yetakchi» viloyat ma’lum bo‘ldi
5-sentyabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida 2019-yilgi paxta terimida majburiy mehnat holatlari ko‘proq aniqlangan viloyatlar ma’lum qilindi.
Meksikada 23 nafar bola qullikdan ozod etildi: ular orasida 3 oylik go‘daklar ham bor
Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar bolalarning ahvoli yomonligi va to‘yib ovqatlanmaganligini aniqlashdi.
Hokim o‘rinbosari maktab direktorlariga tazyiq o‘tkazib, obodonlashtirishda ishlatdi
2020-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 28 ta holatda majburiy mehnat jalb etish aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi birinchi qismiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Hokimlikning «eski dardi» qo‘ziyaptimi? Marg‘ilondan shikoyat keldi
«Xabar.uz» tahririyatiga Marg‘ilon shahrida hokimlik vakillarining ko‘zbo‘yamachillikka yo‘l qo‘yishayotgani va tashkilotlarga kasbiga aloqador bo‘lmagan topshiriqlar yuklanayotgani yuzasidan shikoyat keldi. Ismini ochiqlamaslikni so‘ragan noma egasi quyidagicha yozadi.
Paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdorlar ma’lum qilindi (ro‘yxat)
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani sababli ma’muriy jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati tuzildi.
Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Hashar majburiy mehnatga kirmaydi — Senat raisi
Bu haqda Senatda o‘tgan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining majlisida aytilgan.
Kattaqo‘rg‘onda o‘qituvchilar paxta terimiga jalb etilgani aytilmoqda
Kattaqo‘rg‘onda o‘qituvchilar paxta terimiga jalb etilgan. Bu haqda o‘qituvchi va bloger Isroil Tillaboyev yozmoqda.
majburiy mehnat. Qaysi tumanlarda paxta terishga majburan olib chiqilmoqda?
Yurtimizda majburiy mehnatga qarshi kurash olib borilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, hududlarda tizimli bo‘lmagan qonun buzilishlari uchrab turibdi. Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari esa vaziyatni o‘rganib, qonunbuzarlarni jarimaga tortyapti.
Farg‘onada o‘qituvchilar ko‘cha tozalashga olib chiqildi
Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Jizzax viloyatlarida majburiy mehnatga jalb qilish, mehnat huquqi va mehnat sharoitlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni buzganlik holatlari aniqlandi.
«Bekobodda ishchilar majburiy tarzda paxta dalalariga haydalgan» — Mehnat vazirligi
Toshkent viloyati Bekobod tumani «Agrokimyohimoya» AJ ishchilarining 100 nafarga yaqini majburiy tarzda paxta dalalariga haydalgan.
Yoshlar Ittifoqi tuman kengashi raisi majburiy paxta terimi sabab jarimaga tortildi
Majburiy mehnatga qarshi amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi tadbirlarga qaramay, hamon qonun buzilish holatlari uchrayapti.
Surxondaryoda davlat ishchilari paxtaga majburlangani aniqlandi
Voqea ishtirokchilarining aksariyati o‘z xohishiga ko‘ra paxta dalasida ekanini ta’kidlasa-da, Davlat mehnat inspeksiyasining o‘rganishlari majburiy mehnatga jalb etilganlik holatlari kuzatilganini ko‘rsatgan.
Kogonda bolalar paxta terimiga jalb etilganmidi?
Fermer xo‘jaligi rahbarlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 2-qismiga binoan jarimaga tortilgan.
Odamlarni paxtaga majburan chiqargan hokim jazolandi
Bog‘ot tumanida joriy yil 15 sentyabrdan hududdagi barcha shaharcha va qishloqlar aholisi, korxonalarning barcha ishchi-xizmatchilari paxta terimiga safarbar qilingan.
majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Qonun (O‘RQ-558, 28.08.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi.