Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari xodimlarini ishlashga majburlagan mutasaddilar jazolandi

Bayram kunlari xodimlarini ishlashga majburlagan mutasaddilar jazolandi

Foto: «Stolica-s.su»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon viloyati suv xo‘jaligi tashkiloti xodimlari bayram kunlari Andijon shahar 2-mikrorayonida joylashgan istirohat bog‘ida majburiy ishga jalb qilishdi» deb nomlangan xabar Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Andijon viloyat Norin-Qoradaryo irrigatsiya havza boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman/shahar bo‘limlari xodimlari Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida rahbariyat tomonidan hech qanday majburiy mehnatga yoki biron bir boshqa ishga jalb qilinmaganliklarini, mustaqillik bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazganliklarini o‘z tushuntirishlarida ma’lum qilishdi.

Biroq Andijon viloyati Bo‘ston, Asaka, Buloqboshi va Marhamat tuman irrigatsiya bo‘limi xodimlari tuman irrigatsiya bo‘lim boshliqlari buyrug‘iga asosan o‘z ixtiyoriga ko‘ra 6, 8, 10 sentyabr kunlarida Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan istirohat bog‘ida ishlaganliklarini ma’lum qilishdi.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston, Asaka, Buloqboshi va Marhamat tuman irrigatsiya bo‘limi boshliqlariga nisbatan xodimni lavozim majburiyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilib O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 177-modda talabini buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKing 49-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdoridan ma’muriy jazo chorasi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring