Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik» — Prezident

«Bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari paxta terimi bilan bog‘liq majburiy mehnatga barham berish qarori haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

— Biz yuz yil egilib paxta ekdik va paxta terdik. To‘rt yil oldin bitta qaror bilan 6,5 million terimchini majburiy mehnatdan ozod qildik. Ammo hozir buni hamma ham eslamayapti.

Avvallari o‘quvchilarni ham paxta terimiga olib chiqardik, talabalarni ham. Birgina qaror bilan hamma muammoni bartaraf etdik.

Albatta, bu tadbir o‘z-o‘zidan bo‘lib qolgani yo‘q. Odamlar unutib yubordi, ammo o‘sha tashabbus tarixiy bo‘lgandi. Qaror qabul qilayotganimda atrofdagilar «paxtani kim teradi?» deb hayron bo‘lgandi. «Manfaat teradi, agar ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, kerak odam terib oladi», deb javob bergandim.

Klasterlar tizimi tufayli paxta terimi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi, — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring