Yunusobodda bog‘cha mudiralari ko‘cha tozalashga chiqarilgani aytilmoqda
Tahririyatga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bugun, 27 noyabr kuni Yunusobod tuman bog‘cha mudiralari va xodimlari tuman hokimligi tomonidan majburan ertalab 7:30 ga chaqirilgan.
Qayd etilishicha, ularga tumanning 19-kvartalidagi uylar atrofi va ko‘chalar tozalatilmoqda.
Ushbu holatga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi munosabat bildirishini kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka ko‘ra, mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50-100 baravarigacha qilib belgilangan.
Xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi 1482-modda bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 100-150 baravarigacha jarima, 2 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish va 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jinoiy jazo belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter