Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hashar majburiy mehnatga kirmaydi — Senat raisi

Hashar majburiy mehnatga kirmaydi — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Norboyevaning fikricha, hashar majburiy mehnatga kirmaydi. Bu haqda 30-dekabr kuni Senatda o‘tgan Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining majlisida aytilgan.

«Masalan, hashar, fuqarolarning yashash hududini tozalash ishlari majburiy mehnatga kirmaydi. Kimdir chiqmasligi mumkin, uni hech kim bunga zo‘rlamaydi», — degan Tanzila Norboyeva.

Majlisda komissiya raisi majburiy mehnat va tungi navbatchilik masalalariga ham to‘xtalgan.

Senat raisi tungi navbatchilikka oid yagona munosabatni shakllantirish va agar davlatga ixtiyoriylik asosida qo‘shimcha ishlarni belgilash zarur bo‘lsa, bu haqdagi me’yorlarni yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida inobatga olish lozimligini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring