Toshqinda zarar ko‘rgan afg‘on halqiga insonparvarlik yordami jo‘natildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston nomidan insonparvarlik yuklari karvoni «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
O‘zbekistonning afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi
«Bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi», – deyiladi xabarda.
G‘azoga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlar qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardi
Qamal sharoitida yashayotgan G‘azo sektoriga samolyotlar orqali insonparvarlik ko‘magi tashlash amaliyoti baxtsiz hodisaga olib kelgani haqida xabar bergan edik.
G‘azoda insonparvarlik yordami besh kishini halok qildi
G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordami yetkazilishi chog‘ida kamida besh kishi halok bo‘ldi.
Misrdan insonparvarlik yordami keldi
Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi.
O‘zbekiston zilziladan jabr ko‘rgan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami yubordi
Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan qo‘shni Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Insonparvarlik yordami O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida yetkazilgan.
O‘zbekiston afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi
O‘zbekistondan 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi.
O‘zbekiston Suriyaga 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yubordi
Bugun, 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.
«Biz O‘zbekiston tomonidan faqat fayz va baraka ko‘rib kelyapmiz» – Balx viloyati gubernatori
Kecha, 22-dekabr kuni O‘zbekiston hukumatining afg‘on xalqiga eng birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-kechaklardan iborat jami 170 tonnalik navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari ortilgan avtomashinalar karvoni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazildi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi (foto)
Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekiston birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi.
AQSh afg‘onlarga qo‘shimcha gumanitar yordam uchun $327 mln ajratdi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar moliyaviy ko‘mak, afg‘onlarni uy-joy, oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ta’minlash, qaytgan qochqinlar va ichki ko‘chirilganlarning qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish hamda ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj afg‘onlarga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
Hayraton shahridagi og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Pokistonga 40 tonnaga yaqin beg‘araz yordam jo‘natdi
O‘zbekiston tomonidan davomli musson yomg‘irlari va suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan qardosh Pokiston xalqiga yordam berish maqsadida yuborilgan insonparvarlik yuki bugun Islomobod aeroportiga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Afg‘onistonga 74 tonna yordam yuborildi
Oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat jami 74 tonna yuk ortilgan samolyot Afg‘onistonga jo‘nab ketgan.
O‘zbekiston afg‘on xalqiga hayitlik yubordi
Ezgulik poyezdi Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan.
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi.
Turkiyadan O‘zbekistonga insonparvarlik ko‘magi keldi. Qutilar ustiga Mavlono Rumiyning bayti bitilgan...
Qurbon hayitining birinchi kuni Toshkentga Turkiyadan 12,5 tonna insonparvarlik yordami yetib keldi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar beradi.
Qirg‘iziston hukumati Sirdaryoga insonparvarlik yordami yubordi
Sirdaryo viloyatiga Qirg‘iziston elchisining maslahatchisi Guplan Jumaliyev yetakchiligidagi delegatsiya insonparvarlik yordamini olib keldi.
Tanganing ikkinchi tomoni yoxud Sirdaryoda bir kun
Hojatxona uchun ming so‘m so‘ragan yigit, ozg‘in kuchugini qutqarayotganimiz uchun ozroq pul so‘ragan ayol, Gulistonda Qo‘yliqning omboridek manzara kasb etgan shtab, ranglari rangpar ozg‘in homilador ayolning o‘ksib yig‘lagani, birovning qayg‘usidan foydalanib o‘z qo‘shnilarini talon-toroj qilayotgan ba’zi odamlar — bularning bari-barisi ayni damda kuzatayotganimiz — ezgu ishlar, amaliy tashabbuslar qatorida ro‘y berayotgan bugunning real haqiqatlari.
Janubiy Koreyadan katta miqdorda insonparvarlik yordami keladi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, COVID-19ning mamlakatimizda tarqalishining oldini olishga qaratilgan xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi Koreya Respublikasidan insonparvarlik yordamini jalb qildi.