Toshqinda zarar ko‘rgan afg‘on halqiga insonparvarlik yordami jo‘natildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston nomidan insonparvarlik yuklari karvoni «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahrida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Afg‘oniston tomoni vakillari O‘zbekiston rahbari va xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter