O‘zbekistonning afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi
Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Gumanitar yuk Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida Afg‘onistonning Balx viloyatiga olib boriladi.
Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.
«Bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter