G‘azoda insonparvarlik yordami besh kishini halok qildi
G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordami yetkazilishi chog‘ida kamida besh kishi halok bo‘ldi.
Al Hadath telekanaliga ko‘ra, yana bir necha kishi jarohatlangan. Qayd etilishicha, samolyotlardan tushgan qutilar «bir joyda to‘planib, yordam kutayotgan falastinliklar boshiga tushgan».
Bu safar G‘azoning shimoliy qismiga qaysi davlat samolyotlari gumanitar yordamni havo orqali yetkazgani haqida ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, blokadadagi G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordami nafaqat quruqlikdagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali, balki aviatsiya yordamida ham amalga oshirilmoqda. Misr, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh va Fransiya kabi bir qancha davlatlar havo orqali yordam operatsiyalarida ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter