Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron: G‘azodagi vaziyat insonparvarlikka zid

Makron: G‘azodagi vaziyat insonparvarlikka zid

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron G‘azo sektoridagi gumanitar holatni «insonparvarlikka zid» deb baholadi. U bu masalani yaqin kunlarda Isroil Bosh vaziri hamda AQSh prezidenti bilan muhokama qilishga umid bildirdi.

Avvalroq, Makron Yevropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlari sababli unga nisbatan sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori shimolida harbiy amaliyotlar ko‘lamini kengaytirmoqda. Bombardimonlar kuchaygan bir paytda Isroil armiyasi hujumlaridan halok bo‘lgan falastinliklar soni 53 mingdan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring