Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilning so‘nggi havo hujumlari oqibatida G‘azoda 18 kishi halok bo‘ldi

Isroilning so‘nggi havo hujumlari oqibatida G‘azoda 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan navbatdagi havo hujumlari og‘ir talafotlarga sabab bo‘ldi. Mahalliy manbalar va guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 18 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan

Qayd etilishicha, G‘azo shimolidagi Fatma bint Asad maktabiga ikki marotaba aviazarbalar yo‘llangan. Voqea natijasida 16 kishi halok bo‘lgan. Mazkur maktab o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan falastinliklar uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini bajarayotgan edi.

Shuningdek, Isroil kuchlari G‘azo sharqidagi Tuffah hududida bir nechta binoni o‘q uzish orqali vayron qilgani aytilmoqda.

G‘azoning markaziy qismida joylashgan Nuseyrat qochqinlar lagerida esa Hammad al-Hasanata masjidi yaqinida amalga oshirilgan havo hujumi natijasida yosh bir qizcha halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, bir necha kun avval Bureyj lageridagi Abu Xemis maktabiga uyushtirilgan zarba chog‘ida tan jarohati olgan falastinliklardan biri, ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.

Nuseyrat lageri shimolidagi Ez-Zahra hududida ro‘y bergan yana bir hujumda esa ikki nafar falastinlik yaralangani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring