AQShning G‘azo sektori bo‘yicha yangi rejasi oshkor etildi

AQShning G‘azo sektori bo‘yicha rejasi oshkor etildi. Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yangi reja 60 kunlik otashkesim va 10 nafar garovga olinganlarni ozod qilishni nazarda tutadi, deb yozadi The Times of Israel.
“AQSh maxsus elchisi Stiv Uitkoffning yangi taklifi 60 kunlik otashkesim evaziga G‘azoda garovga olingan 10 kishini ozod etish va 18 nafar garovga olinganlarni vataniga qaytarishni nazarda tutadi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu rejada BMT tomonidan anklav aholisiga insonparvarlik yordamini qayta tiklash ham nazarda tutilgan.
Manbaga ko‘ra, hujjatda Isroilning “urushni tugatish” haqidagi va’dalari yo‘q.
18-may kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiyalarni boshladi. Isroilning iddaosiga ko‘ra, bu harakatlar "G‘azoda joylashgan terrorchilik tashkilotlariga" qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter