Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy himoyaga muhtoj afg‘onlarga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj afg‘onlarga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Hayraton shahridagi og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimligi va O‘zbekistonning Mozori-Sharifdagi konsulligi vakillari tomonidan mazkur beg‘araz yordamning ikkinchi bosqichi doirasida 24 tonnadan iborat insonparvarlik yuklari qo‘shni mamlakatning Balx viloyati Hayraton shahrida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga ham yetkazib berilgan.

Xabarda aytilishicha, 120 ta oilaga mo‘ljallangan 8 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari (50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruch, 10 kilogrammdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha) Hayraton shahri ma’muriyati rahbari Xaliulloh Foruqiy, Afg‘oniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirokida fuqarolarga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jami 58 tonna zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuklari Afg‘onistonning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumanida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 420 ta oilaga yetkazib berilgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring