O‘zbekiston afg‘on xalqiga hayitlik yubordi
Bugun, 30 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonning afg‘on xalqiga 58 ta vagondan iborat oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi.
Ezgulik poyezdi Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o‘rin olgan:
- 16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
- 5 ta vagonda guruch mahsuloti;
- 1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
- 1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
- 1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
- 1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
- 1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
- 2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
- 1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
- 29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter