Afg‘onistonga 74 tonna yordam yuborildi
Qo‘shni Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat jami 74 tonna yuk ortilgan samolyot Afg‘onistonga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning bir necha viloyatida 22 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida minglab odamlar qurbon bo‘lgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur fojia yuzasidan bayonot berib, afg‘on xalqiga yordam berishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter