Uch xonali kvartira ortidan Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti ham berildi
Bugun, 23-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari tomonidan jurnalist Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirilgan.
Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovg‘a qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkent shahridagi turar joy majmualarining biridan barcha jihozlari va maishiy texnikalari bilan uch xonali uy sovg‘a qildi.
Bobomurod Abdullayevdan tilxat olinib,ozod etildi
O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan Bobomurod Abdullayevning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.
Qirg‘iz milliy xavfsizlik qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirgani aytilmoqda
Bugun, 22-avgust kuni o‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston rasmiylariga topshirilgan. Qirg‘iz Respubikasi davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni «qiynoqlarni qo‘llamaslikka» va’da bergan.
Bosh prokuratura Bobomurod Abdullayev qo‘lga olingani yuzasidan bayonot berdi
Qirg‘iziston hududida O‘zbekiston fuqarosi Bobomurod Abdullayev hibsga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov 16 yilga qamaldi
Aytilishicha, To‘raqulov qamoq jazosidan tashqari eng kam ish haqining 400 baravari (81 092 000 so‘m) miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Bobomurod Abdullayev ishida qatnashgan prokuror o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagan (video)
Ommaviy axborot vositalarida jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida qoralovchi prokuror sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Bobomurod Abdullayevning qoralovchisi bo‘lgan prokuror lavozimidan ozod etildi
Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasida faoliyat boshlagunga qadar esa Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasida prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullayevning ozod qilinishiga oid bayonot berdi
«Biz sud mulozimlarini ochiq va shaffof o‘tkazilgan, O‘zbekiston sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz.
Bobomurod Abdulla: «Usmon Haqnazarov missiyasi yakunlandi»
Sud zalidan chiqqach, «Facebook» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda «Bi-bi-si»ga intervyu bergan B.Abdullayev foydalanuvchilardan birining: «Jurnalistik faoliyatingizni davom ettirasizmi?» degan savoliga quyidagicha javob bergan.
«Paynet» mojarosi, sudda oqlangan jurnalistlar, dollar inqirozi, Putinning qasamyodi, 9 may atrofidagi munozaralar, yarim yilga yopilayotgan ko‘cha va boshqa xabarlar
Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Bobomurod Abdullayev: «Sudning ochiq bo‘lishini kutmagan edim»
Bobomurod Abdullayev sud zalidan chiqqach, jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.
Bobomurod Abdullayev va boshqa sudlanuvchilar ozodlikka chiqarildi
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.
Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud hukmi dushanba kuni e’lon qilinadi
Bugun ishbilarmon Shavkat Olloyorov sud majlisida so‘nggi so‘zini aytib, unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishini so‘radi.
Bobomurod Abdullayev sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov tazyiqlari haqida so‘zlab berdi
«Kursdoshim bir yil mobaynida inson huquqlari va erkinliklari buzilishi haqidagi maqolalarni «Ozod Ovoz» sayti uchun tarjima qilgan, ammo yuqoridagilarni emas», — dedi sudlanuvchi.
Muhammad Solih Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyor
Sergey Mayorov sudga Solihning maktubini jinoiy ishga qo‘shish va uni guvoh sifatida O‘zbekistonning Turkiyadagi konsulligi ishtirokida so‘roq qilish haqidagi iltimosnomani kiritdi.
«Qarama, so‘yaman» — Bobomurod Abdullayev o‘ziga ruhiy bosim bo‘layotganini aytdi
Sudya Zafar Nurmatov sudlanuvchilarni bir-birlarini hurmat qilish va aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga rioya qilishga chaqirdi.
Bobomurod Abdullayev yana qiynoqlar haqida gapirdi va «Usmon Haqnazarov» ekanini tan oldi
«Elektroshoker foyda bermasa, ‘kipyatilnik’ aniq yordam beradi», — deydi ular. Suv isitishga mo‘ljallangan qurilma ham yordam bermagan taqdirda, ombur yordamida tirnoqlari ko‘chirib olinadi. Aytishicha, qiynoqqa mo‘ljallangan navbatdagi qurilma — bu «elektr taxt».
«Dubinkaga yiqildingizmi? Boshqa yiqilmang». Bobomurod Abdullayevning ikkinchi sud yig‘ilishidagi ko‘rsatmalari
Tunda sudlanuvchi tergov izolyatorida bo‘lgan, u yerda uning tanasi ko‘zdan kechirilgan. Guvohlash bilan shug‘ullangan kishi, uning tanasidagi kaltaklash izlarini ko‘rib, «Tanangiz Ermitaj bo‘lib ketibdi, orqangiz galereya-ku. Dubinkaga yiqildingizmi? Boshqa yiqilmang» degan. O‘sha kuni uni suratga olishgan.
Sud tibbiy-ekspertizasi: Bobomurod Abdullayevning qiynoqqa solingani o‘z isbotini topmadi
Avvalgi sud majlisida advokat Mayorovning iltimosnomasi qanoatlantirilib, Bobomurod Abdullayevga u qiynoqqa solingan-solinmaganini aniqlash uchun sud tibbiy-ekspertizasi tayinlangan edi. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, jurnalist Abdullayev, MXX hibsxonasida qiynoqqa solingani tasdiqlanmadi.