Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobomurod Abdullayevning qoralovchisi bo‘lgan prokuror lavozimidan ozod etildi

Bobomurod Abdullayevning qoralovchisi bo‘lgan prokuror lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan ozod etilgan. U jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida qoralovchi prokuror sifatida faoliyat ko‘rsatgan edi.

«UzNews.uz»ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Bahrom Qobilov Bosh prokuraturadagi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tgunga qadar, ayni mana shu boshqarmada alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasida faoliyat boshlagunga qadar esa Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasida prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahrom Qobilovga qadar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida, Bosh prokurorining 2018-yil 18-maydagi buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring