Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobomurod Abdulla: «Usmon Haqnazarov missiyasi yakunlandi»

Bobomurod Abdulla: «Usmon Haqnazarov missiyasi yakunlandi»

Foto: «Gazeta.uz»

Shu yilning 7-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev ishi bo‘yicha sud majlisi yakunlangani haqida xabar bergan edik.

Sud qaroriga muvofiq, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi. Xususan, Bobomurod Abdullayevga axloq tuzatish ishlariga belgilangan bo‘lsa, qolgan gumonlanuvchilarga nisbatan barcha ayblovlar bekor qilindi.

Sud zalidan chiqqach, «Facebook» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda «Bi-bi-si»ga intervyu bergan B.Abdullayev foydalanuvchilardan birining: «Jurnalistik faoliyatingizni davom ettirasizmi?» degan savoliga quyidagicha javob bergan:

— Bundan buyon Usmon Haqnazarov bo‘lib biror narsa yozmayman. Chunki, nima deydi, bu missiya men tomonimdan. To‘g‘risi, bajarib bo‘lindi, deb o‘ylayman. Shu bilan birgalikda, hozir meni tabriklab, meni hozir qo‘llab-quvvatlayotgan odamlarga tashakkur bildiraman. Shuniyam aytmoqchimanki, men bir buyuk ish qilmadim. Men o‘zimning qo‘limdan keladigan ishni qildim. Men o‘zimni qahramon deb bilmayman. Qahramon o‘zining kuch-qudratidan, toqatidan ortiq narsani qiladi, men ortiq narsa qilmadim. Qo‘limdan nima kelsa, shuni qildim. O‘ylaymanki, har bir odam haq yo‘li uchun kurashganda qo‘lidan kelgan ishni qilsa har bir odam, ortiqcha qahramonlik kerak bo‘lmaydi, qahramonlik kerak bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan jyoiga tushib ketadi hammasi. Men qahramonlik qilmadim deb o‘ylayman.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring