Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobomurod Abdullayevdan tilxat olinib,ozod etildi

Bobomurod Abdullayevdan tilxat olinib,ozod etildi

O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan Bobomurod Abdullayevning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.

«Natijada, DXX ma’lum qilishicha, unga nisbatan belgilangan choralar Abdullayevdan munosib xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risidagi tilxatga o‘zgartirilgan» -, deya xabar bergan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev  9-avgust kuni Bishkekda qo‘lga olingan va kuni kecha O‘zbekistonga topshirilgani aytilgandi.

Bobomurod Abdullayev muxolifatdagi «Qora Mergan» taxallusi ostida maqolalar e’lon qilganlikda ayblangan. Jurnalistning o‘zi buni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018-yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va ozod etilib, ahloq tuzatish ishlari tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring