Bosh prokuratura Bobomurod Abdullayev qo‘lga olingani yuzasidan bayonot berdi
Qirg‘iziston hududida O‘zbekiston fuqarosi Bobomurod Abdullayev hibsga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga asosan, 1993-yil 22-yanvardagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, B.Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirgi kunda uning O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi masalasi hal qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va ozod etilib, ahloq tuzatish ishlari tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter