Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Solih Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyor

Muhammad Solih Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyor

Foto: «Gazeta.uz»

«O‘zbekiston xalq harakati» (O‘XH) muxolifat harakati yetakchisi Muhammad Solih Jinoyat kodeksining 159-modda 4-qismi (O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga urinish) bilan ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» yozmoqda.

Bu haqda chorshanba kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining navbatdagi sud majlisida Bobomurod Abdullayev manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Sergey Mayorov ma’lum qilgan.

«Jinoiy ish materiallari, Abdullayev bergan ko‘rsatmalar, ma’lumotlardan sudyaga ma’lumki, ayblov xulosasini tasdiqlagan dastlabki tergov organi, prokuror Abdullayev Muhammad Solih (Salay Madaminov) ko‘rsatmalari bo‘yicha jinoyat sodir etgan deb hisoblaydi. Sud jarayonining internetda keng muhokama qilinayotgan bir paytda menga Abdullayevning advokati sifatida fuqaro Muhammad Solih Abdullayevning u ayblanayotgan jinoyatga aloqador emasligi haqidagi bayonot bilan murojaat qildi», — dedi Sergey Mayorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Muhammad Solih bilan bir necha bor muloqotda bo‘lgan. U O‘XH saytida «Usmon Haqnazarov» taxallusi bilan chop etilgan «Islom Karimovning «tabiiy» o‘limi qanday uyushtirildi», «Sarimoy fojiasi haqidagi haqiqat», «Suriya saboqlari va «tinchliksevarlarga javoblar», «Islom Karimov umrbod hokimiyatda qolishga qaror qildi» kabi maqolalar Bobomurod Abdullayev qalamiga mansub emasligini aytgan.

Muhammad Solih sud tanloviga ko‘ra, masalan «Telegram», «Viber», «Imo», «Skype» va boshqa dasturlar orqali interaktiv tartibda ko‘rsatma berishga tayyor ekanini aytgan. Shuningdek muxolifatchi sud taqdim etgan savollarga yozma ko‘rsatma berishga tayyorligi, ko‘rsatmalarni qonuniylashtirish uchun ularni O‘zbekistonning Turkiyadagi konsuliga taqdim etishi mumkinligini bildirdi, dedi advokat.

Sergey Mayorov sudga Solihning maktubini jinoiy ishga qo‘shish va uni guvoh sifatida O‘zbekistonning Turkiyadagi konsulligi ishtirokida so‘roq qilish haqidagi iltimosnomani kiritdi.

Advokatlar, prokuror, Bobomurod Abdullayev va Shavkat Olloyorov buni qo‘llab-quvvatladi. Zafar Nurmatov raisligidagi sud maslahatlashib, iltimosnomani qondirmaslikka qaror qildi. Sud buni barcha sudlanuvchilar, guvohlar, mutaxassislar va boshqa qatnashchilar so‘roq qilib bo‘linmagani bilan izohladi.

«Avval bu ish bo‘yicha barcha qatnashchilarni so‘roq qilamiz. Shundan so‘ng, kerak bo‘lsa, yana davom ettirishimiz mumkin. Sud hozir iltimosnoma kiritilishining mavridi emas, deb hisoblaydi», — dedi Zafar Nurmatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring