Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada portlash yuz berdi. 18 kishi jabrlangan

Rossiyada portlash yuz berdi. 18 kishi jabrlangan

Tuvadagi Shagonar issiqlik elektr stansiyasida portlash yuz berdi, 18 kishi jarohat oldi.

Bugun, 6 mart kuni tongda Tuvaning Shagonar shahridagi issiqlik elektr stansiyasida portlash sodir bo‘ldi, yong‘in boshlandi va qozonxonada kuchli tutun chiqa boshladi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 18 kishi kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

«Olti nafarining ahvoli og‘ir, to‘qqiz nafarining ahvoli o‘rtacha», — deyiladi xabarda.

Hozir harorat -14 bo‘lgan Shagonar shahridagi markaziy isitish tizimi o‘chirilgan. Hokimlik aholidan «issiqlik yana tiklanishini, radiatorlardan issiq suv oqizmaslikni» so‘ragan.

Portlash sodir bo‘lgan qozonxonaning qozonlari yaroqli, markaziy isitish tizimi favqulodda vaziyat tufayli o‘chirilgan, isitish kech tushdan keyin beriladi, deydi ma’muriyat.

Shahar maktablarida darslar bekor qilingan, ota-onalardan farzandlarini bog‘chalardan olib ketish so‘ralgan. Hududda  4 mingga yaqin odam issiqliksiz qolgan.

Ma’lum qilinishicha, shaharda 12 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, 4 mingga yaqini markaziy isitish tizimiga ulangan.

Portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring