Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Rossiya sabab joriy etilgan favqulodda holat uzaytirildi

AQShda Rossiya sabab joriy etilgan favqulodda holat uzaytirildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal reyestrda e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari munosabati bilan 2021-yil aprelida e’lon qilingan favqulodda holat rejimini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.

«Men 14024-sonli ijroiya farmoni bilan e’lon qilingan milliy favqulodda holatni bir yilga uzaytiraman», — deyiladi hujjatda.

AQSh Moliya vazirligi veb-saytida aytilishicha, 14024-sonli Ijroiya farmoni «Favqulodda holatni o‘rnatadi, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasining ayrim zararli xorijiy faoliyatiga yordam beradigan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin».

Hisobotda qayd etilishicha, bu rejim Ukraina mojarosiga aloqador emas.

Amerika matbuotining eslatishicha, Qo‘shma Shtatlarda bunday choralarning joriy etilishi mamlakat prezidentiga muayyan muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish imkonini beradi. Kongress favqulodda holatni bekor qilishi mumkin.

2021-yil 15-aprelda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden Rossiyaning «yomon niyatli harakatlari» tufayli favqulodda holat e’lon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskva, xususan, «AQSh va uning ittifoqchilari va hamkorlariga qarshi dushmanona kiberfaoliyat» bilan shug‘ullanadi va «AQSh xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar xavfsizligiga putur yetkazadi», bu xalqaro huquq tamoyillarini, shu jumladan boshqa davlatlarning hududiy suverenitetini buzadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring