Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Bugun Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Sergey Vakunov mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Moskva shahrida xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan reyd yuzasidan nota topshirildi. Unda joriy yil 10 aprel kuni Moskvadagi jamoat hammomlaridan birida hibsga olingan fuqarolar bo‘yicha tushuntirish talab qilingan.

«Rossiya tomoniga huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya, shuningdek, fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda agar kuch ishlatish asossiz bo‘lsa, ushbu hodisa yuzasidan Moskva shahar huquq-tartibot idoralari vakillariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish talabi bilan rasmiy nota berildi», – deyiladi Qirg‘iziston TIV xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat aks etgan videolavhada bir necha o‘nlab erkaklarning polga yuztuban yotqizib qo‘yilgani va niqob hamda qizil bog‘ichli noma’lum shaxslar odamlarning ustidan yurib o‘tgani ko‘rinadi. Ular xonaga o‘rnatilgan kuzatuv kameralardan birini yopib ham qo‘yishgan.

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, mahbuslar bir necha soat davomida qiynoqqa solingan.

«Ba’zilarini o‘zaro kuch sinashishga majburlagan, yutqazganlarni kaltaklashgan. Ba’zilarining hujjatlarini yirtib tashlashgan, boshqalari esa kiyinib hovuzga sakrashga majbur bo‘lgan», – deydi guvohlar.

Bu qiynoqlar «katta politsiyachilar» kelguniga qadar davom etgan, shundan so‘ng hibsga olinganlarning bir qismi qo‘yib yuborilgan. Boshqalari politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u jarimaga tortilgan.

Qirg‘iziston parlamenti deputati Janar Akayev huquq-tartibot organlari xodimlari Moskvadagi qirg‘izistonlik tadbirkorning hammomiga bostirib kirganiga e’tiroz bildirib, «shunchaki o‘z ishini qilib, tinch-totuv hayot kechirayotgan odamlarga nisbatan bunday vahshiylik va zo‘ravonliklarni sodir etgan»larni javobgarlikka tortish zarurligini aytib chiqdi.

«Barcha xarajatlar qoplanishi va kechirim so‘rashi kerak! » – deb yozadi deputat Facebook sahifasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring