Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nafaqaga chiqdi
Faoliyati davomida ikki marta O‘zbekiston tashqi siyosatiga mas’ul vazir lavozimida ishlagan Norov Vladimir Imamovich Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimidan nafaqaga chiqdi.
Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi
Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori bo‘ldi.
Prezident tashqi ishlar vazirini ishdan oldi
Vladimir Imomovich Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston mojarolar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi, degan fikrda qat’iy – Norov
Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov «Yangi O‘zbekiston – o‘zgaruvchan va o‘zaro bog‘liq dunyoda ishonchli hamkor» mavzusidagi davra suhbatidagi nutqida shunday bayonot berdi.
AQSh O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara kelishuvini olqishlaydi – Entoni Blinken
12-dekabr, dushanba kuni Vashingtonda O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvi oldidan matbuot uchun qisqa bayonot berildi.
Vladimir Norov AQSh davlat kotibi bilan muzokara o‘tkazadi
12-14-dekabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi.
YeXHT Parlament assambleyasining keyingi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
2022-yilning 1-dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-majlisi doirasida O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) raisi Margarita Sederfelt uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya YeXHT yig‘ilishida qatnashadi
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Shimoliy Kiprga TDT kuzatuvchisi maqomi berildimi? – Norov izoh berdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi maqomi berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Turkiy davlatlar o‘rtasida savdo osonlashtiriladi» — Norov
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdoni osonlashtirish Strategiyasi tasdiqlandi, Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini shakllantirish to‘g‘risidagi Bitim imzolanadi.
Norov va Lavrov telefon orqali ShHT sammiti yakunlarini muhokama qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV rahbari Tolibon hukumatining qarorini olqishladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o‘zining tvitter sahifasida TOlibon hukumatining mamlakat oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini qariyb 70 foizga oshirish haqidagi qarorini olqishladi.
Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMTda taqdim etildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida so‘nggi yillardagi islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQShga boradi
2022-yil 19-24-sentyabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi.
Tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod ma’qullandi
Bugun, 9-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
2023-yili Ar-Riyod va Jiddada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon bin Abdulla Al Saud bilan uchrashdi. Norov bu haqda o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Vladimir Norov Jozep Borrel bilan muzokara o‘tkazdi. Xo‘sh?
6-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan uchrashdi.
Vladimir Norov Moskvada Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Vladimir Norov Rossiyaga boradi
2022 yil 11-12-iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi.
Yevroittifoq Nukusdagi tartibsizliklarga munosabat bildirdi
Yevropa tomonining 2022 yil 25-26 iyul Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.