Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeXHT Parlament assambleyasining keyingi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

YeXHT Parlament assambleyasining keyingi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2022-yilning 1-dekabr kuni Polshaning Lodz shahrida bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-majlisi doirasida O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) raisi Margarita Sederfelt uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Norov Soderfeltni joriy yilning iyul oyida assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va YeXHT PA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar 2023-yilda O‘zbekistonda YeXHT PAning kuzgi sessiyasini  o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashishgan.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring