Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeXHT «Vagner» xususiy shirkatini terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

YeXHT «Vagner» xususiy shirkatini terrorchi tashkilot sifatida tan oldi

30-iyun – 4-iyul kunlari Vankuverda bo‘lib o‘tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Parlament assambleyasi yig‘ilishida «Vagner» xususiy harbiy shirkatini terrorchi tashkilot deb tan oldi.

Tashkilotga a’zo davlatlar mazkur guruhga qarshi «barcha ichki va tashqi vositalardan, shu jumladan terrorizmga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan vositalar»dan foydalanishga chaqirgan.

«YeXHT Parlament assambleyasi «Vagner» XHShni jangovor xatti-harakatlari uchun terrorchi tashkilot deb topdi», – deyiladi TASS xabarida. 

Shu kunga qadar Kiyev rasmiylari «Vagner»ni xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishni bir necha bor Vashingtondan talab qilib kelgan. O‘z navbatida bu AQSh Kongressi a’zolari tomonidan ham ilgari surilgan, ammo yakuniy qarorni AQSh Davlat departamenti qabul qiladi.

Mazkur shirkatni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishga shoshilmayotgan Oq uy shu kunga qadar «Vagner» va unga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga bir necha bor sanksiyalar kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring