Prigojinning o‘limi ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi
«Vagner» xususiy harbiy tashkiloti rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev tomonidan uyushtirilgan.
Bu haqda «Wall Street Journal» G‘arb razvedka xizmatlari vakillari va Rossiya razvedkasining sobiq xodimiga asoslangan holda ma’lumot berdi.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi boshida, boshqa amaldorlar ta’tilga chiqqanida, Patrushev Moskva markazidagi ofisida yordamchisiga Prigojinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani ishlab chiqishni buyurgan.
Keyinchalik Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bu rejalar ko‘rsatilgan va u e’tiroz bildirmagan.
Eslatib o‘tamiz, Prigojin va unga tegishli harbiy guruhning yuqori martabali qo‘mondonlari uchayotgan shaxsiy samolyot 24-avgustga o‘tar kechasi Tver viloyati, Bologovskiy tumani, Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagandi. Kreml bu voqeaga aloqadorligini rad etib keladi.
Ta’kidlash kerakki, 24-iyunda yuz bergan Prigojin isyoni yilning eng shov-shuvli voqealaridan bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter