Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq Nukusdagi tartibsizliklarga munosabat bildirdi

Yevroittifoq Nukusdagi tartibsizliklarga munosabat bildirdi

Kecha, 4 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qilgan.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasi hamda YeI va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Yevropa tomonining 2022 yil 25-26 iyul Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan.

Yevropa tomoni Qoraqalpog‘istondagi mavjud vaziyat, vaziyatni beqarorlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring