Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brekzitdan besh yil o‘tib, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya yana yaqinlashmoqda

Brekzitdan besh yil o‘tib, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya yana yaqinlashmoqda

Foto: BILD

Londonda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o‘rtasida Brekzitdan keyingi ilk sammit o‘tkazildi, deb xabar berdi BILD.

Yevroittifoqqa a’zo 27 mamlakat vakillari tomonidan hamkorlikni yanada kuchaytirish rejalari ma’qullandi. Mudofaa va xavfsizlik, oziq-ovqat mahsulotlarini standartlash, baliq ovlash va energetika masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

«Qo‘shnimiz, ittifoqchimiz va global sherigimiz — Buyuk Britaniya bilan munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik», — dedi YeI amaldorlaridan biri BILDga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, tomonlar «xavfsizlik va mudofaa sohasida sheriklik»ka kelishib oldi, bu Britaniyaga Yevroittifoqning mudofaa dasturlarida qatnashish uchun yo‘l ochadi. Qolaversa, fuqarolar uchun ayrim cheklovlar bekor qilinadi. Britaniyaliklar YeIda, yevropaliklar Buyuk Britaniyada — barcha yoshlar yana emin-erkin o‘qish, ishlash yoki volontyorlik bilan shug‘ullana oladi.

Hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha erishilgan rasmiy hujjatlar Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tomonidan imzolandi.

Yaqqol va jiddiy yaqinlashuv, ammo u Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga takror a’zo bo‘lishiga olib kelmaydi — ham iqtisodiy, ham siyosiy sabablar bunga izn bermaydi. Avvalroq Kir Starmer o‘z bayonotida qirollik Yevroittifoqqa yana a’zo bo‘lmasligiga aniq-lo‘nda ishora qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring