Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya «tejamkor to‘rtlik»ni tark etdi

Daniya «tejamkor to‘rtlik»ni tark etdi

Foto: Depositphotos

Daniya endi Yevropa Ittifoqi «tejamkor to‘rtligi»ning bir qismi emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen bayonot berdi.

Doim Yevroittifoqning budjet xarajatlari oshirilishiga qarshi bo‘lib kelgan Daniya «tejamkor to‘rtlik» faollaridan sanalgan. Biroq dunyo o‘zgaryapti, Daniya yangi chorlovlarga, xususan, Yevropaning qayta qurollanishiga diqqatini qaratmoqda, dedi bosh vazir.

Yevroittifoq Ukraina urushi, migratsiya, iqlim o‘zgarishlari va boshqa jiddiy chorlovlar qarshisida turibdi. Bu mavhumlik va Rossiya tomonidan bo‘layotgan tahdidlar sharoitida yanada moslashuvchan, YeI istiqbollariga muvofiq yangi budjet kerak, deya ta’kidladi Frederiksen.

Uning aytishicha, Daniya budjet muzokaralarida, pullarni keraksiz xarajatlarga ishlatmaslik uchun, o‘z pozitsiyasini qattiq himoya qiladi.

Daniya qatorida «tejamkor to‘rtlik»ka kiruvchi Avstriya, Niderlandiya va Shvetsiya ilgari pandemiya oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozga chora sifatida budjet xarajatlari keskin oshirilishiga qarshi chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring