Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yili Ar-Riyod va Jiddada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

2023-yili Ar-Riyod va Jiddada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon bin Abdulla Al Saud bilan uchrashdi. Norov bu haqda o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ikki davlat TIV rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni ikki tomonlama darajada hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

«Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 17-19-avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi O‘zbekiston-Saudiya munosabatlari tarixida yangi davrni belgilab, ikki mamlakatning umumiy qarashlari va intilishlarini yaqqol namoyon etdi.

2023-yili Ar-Riyod va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdik», – deydi O‘zbekiston TIV rahbari v.b. Vladimir Norov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring