Shimoliy Kiprga TDT kuzatuvchisi maqomi berildimi? – Norov izoh berdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi maqomi berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Sammit natijasida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi.
O‘zbekiston, ayniqsa, davlat suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi masalalarida xalqaro huquq normalariga qat’iy amal qiladi.
Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo‘lishi mumkin emas», - dedi Norov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter