Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ersin Tatar turkiy davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirish istagini bildirdi

Ersin Tatar turkiy davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirish istagini bildirdi

Shimoliy Kipr turk respublikasi Turkiy davlatlar tashkiloti tizimidagi barcha tuzilmalar bilan aloqalarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Shimoliy Kipr turk respublikasi rahbari Ersin Tatar 6-iyul kuni Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan TDTning «Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish» shiori ostidagi norasmiy sammitida gapirdi.

Oliy darajadagi tadbirga taklif uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan Ersin Tatar ko‘p yillar ishg‘ol ostida bo‘lgan Shusha shahri ozod etilgani muhim hodisa ekanini ta’kidladi.

Siyosatchi bu yil Kipr tinchlik amaliyotining 50 yilligi nishonlanishini qayd etib, TDT mamlakatlari yetakchilarini bayram tadbirlariga taklif qildi.

Shimoliy Kipr turk respublikasi prezidenti Ersin Tatar avvalroq OAVga bergan intervyusida 1974-yili Kipr operatsiyasi amalga oshirilmaganda, bugun orolda turklar mavjud bo‘lmasligini aytgandi. U, shuningdek, federativ davlatda turklarning etnik ozchilikka aylanishi, ikki davlat kelishuvi eng maqbul siyosiy yechim ekanini urg‘ulagan.

Kipr – O‘rtayer dengizida, g‘oyat qulay strategik hududda joylashgan orol. So‘nggi yarim asrda orol dolg‘ada qolgan kema kabi turfa ziddiyatlarga ro‘baro‘ bo‘ldi. Bundan roppa-rosa ellik yil avval Kiprda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harbiy operatsiya o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring