Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mojarolar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi, degan fikrda qat’iy – Norov

O‘zbekiston mojarolar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi, degan fikrda qat’iy – Norov

O‘zbekiston mojarolar faqat halokatli oqibatlarga olib keladi, degan fikrda qat’iy. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov «Yangi O‘zbekiston – o‘zgaruvchan va o‘zaro bog‘liq dunyoda ishonchli hamkor» mavzusidagi davra suhbatidagi nutqida shunday bayonot berdi.  

O‘zbekiston TIV rahbari qayd etganidek, bugungi kunda pragmatik va konstruktiv diplomatiya g‘oyat muhim ahamiyatga egaligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. 

«O‘zbekiston mojarolar va qarama-qarshiliklar faqat halokatli oqibatlarga va g‘oliblar bo‘lmaydigan vaziyatlarga olib keladi, degan fikrga qat’iy amal qiladi. Oqilona murosaga asoslangan diplomatiyagina barcha tomonlarning manfaatlariga teng va ziddiyasiz javob beradi», – deydi Vladimir Norov.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samarali xalqaro hamkorlik dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omili bщlishi, muammolarni hal qilish esa, favqulodda inqirozli vaziyatlarni hal qilishning eng aniq, maqbul va samarali yo‘li ekani haqidagi fikrlaridan iqtisbos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mavzudagi davra suhbati bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlik rahbariyati, Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar diplomatik missiyalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari ishtirok etgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring