Liviyadagi suv toshqini qurbonlari soni 11 ming nafardan oshdi
Liviyadagi toshqinlar oqibatida qurbonlar 11 mingdan, bedarak yo‘qolgan 20 mingdan oshgani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar qurbonlarning bunday darajada ko‘pligi sabablari haqida hali hamon aniq fikr bildirmagan, ammo deyarli ko‘pchilik uzoq yillar davomida to‘g‘onlarning kerakli holatda saqlanmaganini asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatishmoqda.
Liviya qirg‘oqlarida 55 muhojir suvga cho‘kib ketdi
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, kema halokati 25 aprel, seshanba kuni sodir bo‘lgan.
6000 yil ilgari tarvuzlar qanday bo‘lgan?
Arxeologlar Liviya (Shimoliy Afrika)dagi qazilmalar chog‘i qadimgi tarvuz urug‘larini topishdi.
Liviya sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi
Kislorod ballonlarini sotib olish va o‘rnatishda korrupsiyaga aralashgan.
Mo’jiza tufayli o‘limdan qutulib qolgan siyosatchi endi prezidentlik uchun kurashmoqchi
Liviyaning sobiq rahbari marhum Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayful Islom Qazzofiy o‘n yillik tanaffusdan keyin ilk bor intervyu berdi.
Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi
Hujum qilganlar umumiy razvedka xizmati rahbari Husayn al-Aibani iste’foga chiqarib, o‘rniga Imad al-Tarablusini qaytarishni talab qilishgan.
«Liviyani qayta tiklash uchun 500 milliard dollardan ko‘proq pul kerak» — mutaxassis
O‘n yillik beqarorlikdan so‘ng Liviyada keng ko‘lamli rekonstruksiya loyihalarini o‘tkazish uchun 500 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi, deydi Liviya quruvchilar kasaba uyushmasi rahbari Abdelmajid Muhammad Kashir RIA Novosti bilan suhbatda.
Liviyadagi portlashda ikki general halok bo‘ldi
Poytaxt Tripoli yaqinidagi Janzur shaharchasida joylashgan harbiy-dengiz bilim yurtida portlash yuz berdi
Liviya jahon neft bozori narxlarini tushirib yubordi
Qamalga qadar Liviya kuniga yer qa’ridan 1,3 million barrel neft tortib olardi, keyin ko‘rsatkich 10 baravar kamayib ketgandi.
Misr nega Liviyaga bostirib kirmoqchi?
Mamlakat rahbari Misr qo‘shinini jangovar shay bo‘lishga chaqirdi.
General Haftar armiyasi Tripolini egallash arafasida — BMT
76 yoshli general 1969-yili monarxiyani ag‘darib hukumat tepasiga kelgan va 2011-yilda isyon oqibatida ag‘darilib o‘ldirilgan Muammar Qaddofiyning sobiq safdoshlaridan bo‘lgan. 1990-yillardan uning o‘zi Qaddofiyning ashaddiy raqiblaridan biriga aylandi.
Liviyada Xalifa Xaftarning shtabi portlatildi
Liviya milliy armiyasi feldmarshali Xalifa Xaftarning shtabida ikki marta portlash bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Derna shahridagi shtab yaqinida ikkita avtomobil portlatilgan.
Liviyaga fuqarolar urushi xavf solmoqda
Ayrim mamlakatlar BMT xavfsizlik kengashi Liviyaga qurol yetkazishga qo‘ygan embargoni buzmoqda, buning oqibatida nizoning har ikki tomonida turganlar tish-tirnog‘igacha qurollanib olmoqda.
Liviyadagi eng yirik neft koniga qurolli hujum uyushtirildi
Liviya janubidagi ushbu kon joylashgan yerlar shu yilning fevral oyida marshal Xalifa Haftar tarafdorlari qo‘liga o‘tgandi.
Tramp Liviya feldmarshali Haftar bilan muloqot qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Liviya milliy armiyasiga qo‘mondonlik qilayotgan feldmarshal Xalifa Haftar bilan muloqot qildi.
Tripoli uchun jang: qurbonlar soni ko‘paymoqda
Liviya poytaxti Tripoli atrofidagi janglarda kamida 121 kishi halok bo‘lgan, 561 kishi turli darajada jarohat olgan.
Liviyada ishlab turgan yagona aeroport bombardimon qilindi
Mamlakat poytaxti Tripoli shahridan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan Mitiga xalqaro aeroporti o‘qqa tutilgandan so‘ng hukumat tomonidan yopildi. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilar terminaldan chiqib keta boshlagan.
AQSh Liviyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e’lon qildi
AQShning Afrikadagi qo‘shinlari qo‘mondonligi Liviya hududidan o‘z askar va ofitserlarini olib chiqib ketishga qaror qildi. Bunga sabab sifatida mamlakatda vaziyat qaltislashgani ko‘rsatilgan.
Liviyada urushning yangi bosqichi, Xaftar kuchlari poytaxtga yaqinlashdi
Yurish davomida Xalifa Xaftar qo‘l ostidagi kuchlar BMT tomonidan qo‘llanilayotgan milliy birlik hukumatini ag‘darishni maqsad qilgan. Qo‘mondon o‘z yurishini «Tripolini ozod qilish bo‘yicha operatsiya», deb nomlagan.
Liviya sohillarida 100 nafar muhojir suvga cho‘kib ketdi
Liviya sohillarida muhojirlar o‘tirgan 2 ta rezinali qo‘lbola qayiqning botishi oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi.