Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr nega Liviyaga bostirib kirmoqchi?

Misr nega Liviyaga bostirib kirmoqchi?

Foto: «Twitter.com»

Misr qonuniy asosda Liviyaga bostirib kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-Sisi ma’lum qilib, Misr qo‘shinini jangovar shay bo‘lishga chaqirgan, deb yozadi «Reuters» agentligi.

As-Sisining aytishicha, Misr Liviyada qo‘llab-quvvatlanayotgan «terrorchilar va yollanma jangarilar» tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlarga duchor bo‘ldi. Shuning uchun Qohiraning har qanday harbiy aralashuvi endi qonuniydir.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, harbiy kuch ishlatishdan maqsad 1,2 ming kilometrga cho‘zilgan Misr chegaralarini himoya qilish, shuningdek, sulh tuzish, qo‘shni davlatda tinchlik va tartib o‘rnatish hisoblanadi. As-Sisining bu qarorini BAA va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlagan.

2011-yilda Liviyada fuqarolar urushi boshlangan. 1969-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan polkovnik Muammar Kaddafi ag‘darib tashlangan va o‘ldirilgan. Ayni vaqtda Liviyada qo‘sh hokimchilik hukm surmoqda: Sharqda Tobruk shahrida feldmarshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi parlament, G‘arbda Tripolida milliy kelishuv hukumati hukmronlik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring