Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arxeologlar Misr shimolida yirik shahar xarobalarini topishdi

Arxeologlar Misr shimolida yirik shahar xarobalarini topishdi

Ko‘cha oqava suvlar ketishi va binolarni yemirilishdan himoyalashga mo‘ljallab loyihalangan.

Foto: Silven Dennen

Misr shimolida qazishma ishlarini olib borayotgan fransuz olimlari qadimgi shahar xarobalarini topishdi. XVIII sulola (taxminan miloddan avvalgi 1550—1292-yillar) davriga mansub ushbu maskan Iskandariya yaqinidagi Kom al-Nugus tumanida joylashgan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, shaharga 3400 yil burun mashhur fir’avn — Tutanhamonning otasi Exnaton asos solgan. Shahar keyinchalik Ramses II tomonidan kengaytirilgan.

Qazishma joyidan topilgan artefakt.
Foto: Cambridge University Press on behalf of Antiquity Publications Ltd

Arxeologlarning aytishicha, qadimgi shahar xarobalaridan xom g‘ishtlar, Ramses II ibodatxonasi, harbiylarning ismlari qayd etilgan dafn ibodatxonalari topilgan. Eng muhim topilmalardan biri — amfora (xum) bo‘lagida Meritaton ismi yozilgan muhr. U fir’avn Exnaton va rafiqasi Nefertitining qizi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring