Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Liviyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e’lon qildi

AQSh Liviyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e’lon qildi

Foto: «360tv.ru»

AQShning Afrikadagi qo‘shinlari qo‘mondonligi Liviya hududidan o‘z askar va ofitserlarini olib chiqib ketishga qaror qildi. Bunga sabab sifatida mamlakatda vaziyat qaltislashgani ko‘rsatilgan.

Bu haqida Amerikaning Afrika qit’asidagi harbiy guruhi matbuot xizmati xabar qilib o‘tgan.

— Liviyada yuzaga kelgan qaltis vaziyat tufayli Amerika qo‘shinlari kontingenti vaqtincha mamlakatdan chiqib ketadi. Amerika harbiylarining Liviyadagi harbiy vazifasi diplomatik missiyalarni qo‘llash, terrorizmga qarshi kurash, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va butun hududda xavfsizlikni kuchaytirishdan iborat, — deyiladi bayonotda.

AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari generali, Amerikaning Afrikadagi qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni Tomas Valdxauzerning ta’kidlashicha, Liviyadagi vaziyat borgan sari og‘irlashib, beqaror bo‘lib boryapti. Uning aytishicha, AQSh mamlakatdagi holatni kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda Liviyada fuqarolar urushi kelib chiqqan edi. Unga ko‘ra mamlakatni 1969 yildan buyon boshqarib kelgan polkovnik Muammar Kaddafi ag‘darilgan va o‘ldirilgandi. Unga qarshi bo‘lganlar safida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar koalitsiyasi kurash olib borgan.

Shundan so‘ng Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgandi. Sharqda, Tobruk shahrida parlament boshqaruvi tashkil etilgan, g‘arbda, Tripolida esa milliy kelishuv hukumati amalda bo‘lgan edi.

Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Xaftar mamlakat poytaxti Tripoliga yurish boshlagach, Amerika qo‘shinlari chiqib ketishga qaror qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring